Tajribasi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab mutaxassislar yordam, maslahat va hamjamiyat topolmay qiynalayotganini ko‘rdik. Ana shu ehtiyoj bizni birlashtirdi.
Bir guruh fidoyi mutaxassislar bir joyga yig‘ilib, o‘rganish, fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash uchun yopiq Assotsatsiya yaratdi. Shu tariqa hamkamiyatimiz tarixi ham boshlandi.
Biz haqiqatni yashirmaymiz. Hammasi ochiq, aniq va tushunarli. Ishonchli hodimlar jamoasi shu yerda.
Biz uchun ishonch muhim. Inson o‘zini yolg‘iz his qilmay, jamoa bilan rivojlansa — biz o‘z vazifamizni bajargan bo‘lamiz.
Biz az'olarimiz bilan birgalikda yangi bilimlar o'rganishga va doimo bir qadam oldinda bo'lishlarini ta'minlaymiz.
Har bir a’zoning huquqi, mehnati va qadrini himoya qilish bizning eng katta mas’uliyatimiz.