2025-yil 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
rasmiy statistika jarayonlariga autsorsing mexanizmlarini joriy etish haqida 116-son qaror qabul
qilindi. Ushbu qaror statistika ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish jarayonlarini xususiy
sektor vakillari — konsalting kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari
yordamida amalga oshirish imkonini beradi.
Qaror bilan birga maxsus “Nizom” ham tasdiqlandi. Unda statistik kuzatuvchilarni autsorsing asosida jalb
qilish tartibi, xizmatlar narxini belgilash, monitoring qilish va mas’uliyat kabi jihatlar ko‘rsatib
o‘tilgan.
Autsorsingdan foydalanish statistik ma’lumotlar sifatini oshirish, jarayonlarni tezlashtirish va davlat
xarajatlarini optimallashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Shuningdek, statistik nashrlarni tarqatish
jarayoniga tadbirkorlik subyektlari ham jalb etilishi belgilandi. Qaror ijrosi ustidan nazorat iqtisod
va moliya vaziriga yuklangan.
1. https://nrm.uz/contentf?doc=774417
2. https://nrm.uz/contentf?doc=774418
3. https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/rasmiy_statistikani_tayerlashga_autsorsing_joriy_etiladi
Asosiy sahifaga qaytish